
Frantsiyaning o‘rtamiyona klubi "Barselona" futbolchisining xizmatlarini rad etdi
Mavsumni "Nitstsa" tarkibida ijarada o‘tkazayotgan "Barselona" himoyachisi Musa Vage yana kataloniyaliklar safiga qaytadi. Bu haqda frantsuz klubi o‘z rasmiy saytida ma’lum qildi.
Aytish lozimki, 21 yoshli senegallik futbolchi “Nitstsa” safiga joriy qishki transferlar davrida kelib qo‘shilgan edi. U o‘tgan davr mobaynida 5 ta o‘yinda maydonga tushdi va 2 ta golga assistentlik qildi.
Afsuski, “Nitstsa” Vage bilan ijara shartnomasini uzaytirmaslikka qaror qildi.
Fikrlar