Frensis Ngannu portladi: "Meros bilan oila boqib bo‘lmaydi"
Taniqli MMA jangchisi Frensis Ngannu UFC dan ketishi bilan oʻz merosini yerga koʻmdi, deya hisoblagan tanqidchilarga javob qaytardi.
"Sizga meros nima ekanini aytib beraman: mening hozirgi merosim - bu mening bolalarim, vatanimdagi oilam – ular tibbiy yordamdan foydalanа olishadi, dasturxonlari toʻla va boshpanasi bor. Mana shu eng yaxshi meros! Sizda Muhammad Alining tarixiy natijalari boʻlishi mumkin, ammo farzandingiz maktabga bora olmasa, uning jamiyatdagi oʻrni yoʻqoladi. Agar bolangizning qorinda ovqat boʻlmasa, bu meros sizga hech qanday yordam bermaydi. Siz doʻkonga, yoqilgʻi quyish shoxobchasiga yoki maktabga kelib, oʻqishni meros bilan toʻlay olmaysiz. Tushing, promoushenlar jangchilarni shu kabi soʻzlar bilan aldaydi va insonlar ham u yerda "meros uchun kurashadi". Mayli, marhamat. Bu merosni oʻzingizga qoldiring, menga esa lоyiq boʻlgan pulimni bering, tamom!" – dedi kamerunlik.
Eslatib oʻtamiz, Frensis Ngannu 17 may kuni "Most Valuable Promotions" ligasining ilk turnirida Filipe Linsga qarshi jang qiladi.
Fikrlar