"Fulxem" katta umidlar bilan "Real"dan olingan yulduzni sotuvga qo'yib yubordi
Klub pul ishlab olmoqchi
Yozda «Real» tarkibidan ketgan yosh forvardga yuqori narx qo‘yildi. Angliyaning «Fulxem» jamoasi 22 yoshli ispaniyalik hujumchi Gonsalo Garsiyani 60–70 million yevro atrofidagi summaga sotishga tayyor.
Bu haqida futbol bo‘yicha insayder Ekrem Konur o‘z ijtimoiy tarmoqlarida xabar berdi.
Garsiya yozgi transfer oynasidan so‘ng «Fulxem» safiga qo‘shilgan edi. U London klubiga «Real»dan o‘tgan, shu bilan birga madridliklar futbolchini qayta sotib olish huquqini saqlab qolgan. Garsiyaning «Fulxem» bilan tuzgan shartnomasi 2031 yil yozigacha mo‘ljallangan.
Shunga qaramay, hozirning o‘zidayoq yosh hujumchiga bir qator yetakchi klublar qiziqish bildirmoqda. Ekrem Konur aniq jamoalar nomini oshkor etmagan.
Joriy mavsumda Gonsalo Garsiya «Fulxem» tarkibida yetti o‘yinda maydonga tushdi. U Angliya premyer-ligasida ham, Angliya liga kubogi bahslarida ham bittadan gol urgan.

Izohlar (0)