Futbol afsonasi vafot etdi
Italiyaning mashhur “Milan” jamoasi sobiq futbolchisi va klubning faxriy vitse-prezidenti Franko Barezining vafot etganini rasmiy ma’lum qildi.
Avvalroq “Milan” mutasaddilari Corriere della Sera nashri tarqatgan Barezi vafoti haqidagi xabarni rad etgan edi. Keyinchalik ushbu xabar o‘chirib tashlangan.
2025 yilda Barezida upkada tugun aniqlandi, u muvaffaqiyatli jarrohlik amaliyoti orqali olib tashlangan edi.
- “Milan” Franko Barezi vafoti munosabati bilan chuqur qayg‘uda. Uning namunasi va halolligi klub DNKsining ajralmas qismi bo‘lib qoladi. Shuningdek, uning afsonaviy 6-raqamli libosi hamisha xotiralarda yashaydi. Bu og‘ir kunda “Milan” Barezi oilasiga hamdardlik bildiradi. “Rossoneri”ning har bir muxlisi bu yo‘qotishni o‘zining shaxsiy dardi sifatida qabul qiladi, - deyiladi klub bayonotida.
Franko Barezi butun professional faoliyati davomida – 1978 yildan 1997 yilgacha faqat “Milan” sharafini himoya qildi. U jamoa bilan olti marta Italiya chempioni, uch marta Yevropa Chempionlar ligasi g‘olibi bo‘ldi va uzoq yillar klub sardori sifatida to‘p surdi.
2002–2008 yillarda esa Karlo Anchelotti murabbiylar shtabida faoliyat yuritdi.
Italiya milliy terma jamoasi safida Franko Barezi 1982 yildgi jahon chempioni bo‘lgan, shuningdek, 1994 yildgi jahon chempionati kumush medali va 1990 yildgi mundial bronza medali sohibiga aylangan.

Fikrlar