Futbol o‘ynashni o‘zbek qizlaridan o‘rganing

  • 27.07.2026 11:45
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Tojikiston Respublikasida bo‘lib o‘tgan CAFA U-20 Women’s Championship 2026 musobaqasida Viktoriya Sirota boshchiligidagi O‘zbekiston U-20 ayollar terma jamoasi chempionlikni qo‘lga kiritdi

Terma jamoamiz musobaqa davomida Qirg‘iz Respublikasi U-20 terma jamoasini 1:0, mezbon Tojikiston U-20 terma jamoasini 7:0 hisobida mag‘lub etdi. Eron U-20  terma jamoasiga qarshi bahs esa 1:1 hisobidagi durang bilan yakunlandi.

Musobaqa yakunlariga ko‘ra, O‘zbekiston U-20 ayollar terma jamoasi “Fair Play” sovrini bilan taqdirlandi. Shuningdek, Shahnоza Dekanboeva turnirning eng yaxshi futbolchisi, Shahzoda Alixonova esa musobaqaning eng yaxshi to‘purari deb topildi.

Shu tariqa O‘zbekiston U-20 ayollar terma jamoasi 3 uchrashuvda 7 ochko jamg‘arib, CAFA U-20 Women’s Championship 2026 musobaqasi g‘olibi degan sharafli nomga sazovor bo‘ldi.

Bugun O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi rahbariyati jamoamizni ko‘tarinki kayfiyatda kutib oldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!