
Futbolchi Manchesterga qaytishini istamayapti
“Manchester Yunayted” yarim himoyachisi Andreas Pereyra jamoaga qaytishni istayapti. Braziliyalik futbolchi mavsumni ijara asosida “Flamengo” klubida o‘tkazdi.
- Men bu masalani hal qiladigan odam emasman. Hamma narsa “Manchester Yunayted”ga bog‘liq. O‘zimga qolsa, “Flamengo” uchun o‘ynashda davom etmoqchiman. Lekin vaziyat mening qo‘limda emas.
Har bir tomon uchun ma’qul keladigan yo‘lni topish kerak. Kutamiz. Men “Flamengo”ni yaxshi ko‘raman. Tez orada masalaga oydinlik kiritiladi, - dedi Andreas Pereyra.
“Manchester Yunayted” tarbiyalanuvchisi bo‘lgan Pereyra hech qachon asosiy tarkibga kira olmagan. U o‘z vaqtini “Granada”, “Valensiya”, “Latsio” kabi klublarda ijarada o‘tkazgan.
Fikrlar