Ronaldu qanday tashabbus bilan chiqdi?
"Manchester Siti" klubi va Portugaliya terma jamoasi yarim himoyachisi Bernardu Silva terma jamoa a’zolari o‘z daromadlarining bir qismidan voz kechishganini ma’lum qildi. Aniqrog‘i, Portugaliya terma jamoasi futbolchilari “Evro-2020” yo‘llanmasi qo‘lga kiritilgani uchun berilgan bonuslarning 50 foizini koronavirusga qarshi kurashishga yo‘naltirishga qaror qilishdi.
Ushbu xayriya tashabbusi jamoa sardori Krishtianu Ronaldudan chiqqan. Bundan avvalroq uning o‘zi 1 million evro xayriya qilgan edi.
Ayni damda Er yuzida 2 million inson COVID-19 virusiga chalingan.
Fikrlar