Futbolchining maoshi oshadi
«Barselona»ning 19 yoshli markaziy yarim himoyachisi Mark Bernal kataloniyaliklar klubi bilan yangi uzoq muddatli shartnoma imzolashga rozi bo‘ldi.
Insayder Fabrizio Romanoning X ijtimoiy tarmog‘ida xabar berishicha, futbolchi bilan kelishuv 2031 yil iyuniga qadar amal qiladi.
Manba ma’lumotlariga ko‘ra, «Barselona» sport direktori Deku Bernalning agentlari bilan kelishuvga erishgan. Shartnoma kelasi hafta imzolanishi kutilmoqda. Yarim himoyachining maoshi ham oshiriladi.
Bernal «Barselona» tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. 2026/2027 yilgi mavsumda futbolchi Ispaniya chempionatida olti marta maydonga tushdi va UEFA Chempionlar ligasida bir marta o‘ynadi. Uning hisobida ikki golli uzatma bor.

Fikrlar