"Futures Cup" turniri. To'rt g'alaba, bir mag'lubiyat!
Tailandning Bangkok shahri boks bo‘yicha yoshlar o‘rtasida "Futures Cup" xalqaro turniriga mezbonlik qilmoqda. Ushbu musobaqada ikki terma jamoamiz ham ishtirok etyapti. Kechagi dasturdan 5 nafar vakilimizning janglari o‘rin olgan edi.
-51 kg vaznda bo‘lib o‘tgan bugungi birinchi bahsda, Nazokat Mardonova qozoqistonlik Ayim Tankibaeva ga imkon qoldirmadi. 5:0.
-54 kg vaznda bo‘lib o‘tgan bahsda, Sabrina Chakomanova Shimoliy Koreya vakilasi Jon Un Gyongga 1:4 hisobida mag‘lub bo‘ldi va musobaqa bilan xayrlashdi.
Abdugani Yorqinjonov musobaqadagi ikkinchi bahsini ham g‘alaba bilan yakunladi. Bu safar -50 kg vaznda liviyalik Omar Abdulvahhab birinchi raunddayoq texnik nokautga uchratildi.
-48 kg vaznda bo‘lib o‘tgan bahsda, Maftuna Musurmonova qozoqistonlik Assilay Muratdan ustun keldi va keyingi bosqichga yo‘l oldi.
-60 kg vaznda bo‘lib o‘tgan bahsda, Rushanabonu Isoeva Yangi Zelandiya vakilasi Brooke Millerg a imkon qoldirmadi. 5:0.
Bu haqida O‘zbekiston boks federatsiyasi xabar bermoqda.
Fikrlar