Futzal, Osiyo kubogi. Bugun O‘zbekiston terma jamoasi guruhdagi so‘nggi o‘yinini o‘tkazadi (foto)

  • 21 aprel, 2024, 14:13
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bugun futzal bo‘yicha Osiyo kubogi guruh bosqich 3-turi doirasida O‘zbekiston terma jamoasi Saudiya Arabistoni bilan kuch sinashadi.

Uchrashuv 19:00 da "Bangkok arena"da start oladi. Termamiz ishtirokidagi mazkur bellashuvni "Sport" kanali orqali jonli tarzda tomosha qilishingiz mumkin.

Ma’lumot uchun, ayni vaqtda vakillarimiz 6 ochko bilan o‘z guruhida peshqadam bo‘lib turibdi. Saudiya Arabistoni esa Iroq bilan bir xil, ya’ni 3 ochko jamg‘argan holda 3-o‘rinda bormoqda. Saudiyaliklar to‘plar farqining yomonligi evaziga 2-pog‘onada emas.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!