
Futzal bo‘yicha BMB CUP musobaqasida eng kuchlilar taqdirlandi
Joriy yilning 22 fevral kuni Toshkentdagi “Bunyodkor futbol akademiyasi” sport majmuasida BMB HOLDING tashabbusi bilan o‘tkazib kelinayotgan an’anaviy BMB CUPmusobaqasi to‘rtinchi mavsumi yakuniga bag‘ishlangan taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Futzal bo‘yicha mazkur musobaqa O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 24yanvardagi PF-5924-sonli Farmonida belgilangan vazifalardan kelib chiqib hamda mamlakatimizda jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirish, aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, futzalni yanada rivojlantirish, yoshlarni sportga keng jalb qilish orqali iste’dodlarni kashf qilish maqsadida tashkil etildi.
Futzal bo‘yicha an’anaviy "BMB CUP" musobaqasi havaskorlar o‘rtasida 2024 yilning noyabr oyidan 2025 yilning fevraliga qadar, qariiyb 4 oy davomida o‘tkazildi. Musobaqada 30dan ortiq jamoalar ishtirok etish istagini bildirdi. Avvaliga saralash musobaqasi tashkil qilinib, ushbu bosqichdan muvaffaqiyatli o‘tgan 10 jamoa asosiy musobaqada ishtirok etdi.Musobaqaning asosiy bosqichida ishtirok etganjamoalar jami 18 turda 90 ta uchrashuvo‘tkazdi.
Ahamiyatli tomoni shundaki, ushbu mavsumdagi musobaqada belgilangan tartibga ko‘ra, har bir jamoada 2 nafar professional va 5 nafar 2007-2009 yillarda tug‘ilgan yosh futzalchilarning bo‘lishi majburiy bo‘lib, ulardan biri jamoa tarkibida maydonda harakat qilishi lozim.
Bu o‘z navbatida musobaqaning yanada shiddatli o‘tishi, yoshlarning musobaqalarda ishtirok etishga qiziqishini ortishiga hamda futzalni yoshlar orasida ommalashishiga va ular orasidan iqtidorlilarini tanlab olish imkonini yaratdi. Mamlakatimiz yoshlar terma jamoasi mazkurmusobaqada ishtirok etayotgan yosh futzalchilar tashkil qilayotgani albatta quvonarli hol bo‘lib, bu yutuq musobaqa ishtirokchilari tomonidan alohida ta’kidlandi.
Musobaqa davomida ijtimoiy tarmoqlar orqali uchrashuvlar videotranslyatsiyasi muntazam ravishda uzatilib, instagramm, feysbuk va bir nechta telegramm kanallar orqali musobaqa natijalari, to‘purar futzalchilar va boshqa statistik ma’lumotlar, musobaqaning eng chiroyli gollari videolavhasi havola etibborildi. Musobaqaning so‘nggi o‘yini yakuniga etgach, g‘oliblar taqdirlandi.
Futzal bo‘yicha BMB CUP musobaqasi g‘olibi Kubogi, oltin medallar va 100 mln so‘m pul mukofoti bilan "Hayot Bank" jamoasi taqdirlandi, ikkinchi o‘rin va kumush medallar hamda 75 mln so‘m pul mukofoti O‘zPSB jamoasiga, uchinchi o‘rin va bronza medallari hamda 50 mln so‘m pul mukofoti esa DXL jamoasiga nasib etdi.
Shuningdek, “Fair Play” nominatsiyasi, musobaqaning eng intizomli jamoasi, “Musobaqaning eng yaxshi darvozaboni”, “Eng yaxshi yosh o‘yinchi”, “Musobaqa to‘purari”,“Musobaqaning eng yaxshi o‘yinchisi” kabi nominatsiyasi g‘oliblari ham pul mukofotlari va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.
Quyida musobaqaning taqdirlash marosimidan fotolavhalarni tomosha qiling:

























Fikrlar