Futzal. Frantsiyaning chorak finalda O‘zbekistonni mag‘lub qilgan jamoaga qarshi o‘ynaydi

  • 27.09.2024 19:59
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol

Futzal bo‘yicha Jahon chempionatining nimchorak finalida Frantsiya Tailandni mag‘lub qilib, chorak finalga yo‘l oldi. Jamoaning keyingi raqibi ma’lum. 

Frantsuzlar yarim finalga chiqish uchun Paragvay bilan kuch sinashadi. Bu jamoa 1/16 bosqichda Afg‘oniston ustidan g‘alaba qozongandi. 

Eslatib o‘tamiz, Paragvay O‘zbekiston bilan bir guruhdan joy olib, birinchi o‘rinni qo‘lga kiritgandi. Shuningdek, vakillarimizni 4:1 hisobida taslim qilgan. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!