
Futzal. Nahotki?! Afg‘oniston O‘zbekiston darvozasiga 8ta gol urdi
Futzal bo‘yicha CAFA U-19 turniridan o‘rin olgan Afg‘oniston - O‘zbekiston o‘smirlari o‘rtasidagi o‘yin yakuniga etdi. Mazkur bahsda vakillarimiz yirik 1:8 hisobida mag‘lubiyatga uchradi.
Uchrashuvda Said Mojtaba Hosseyni poker qayd etgan bo‘lsa, Nurilloh Nazariy, Hamidulloh G‘afuriy, Abul Bashir Ahmadiy, Muhammad Ali Mumtazlar o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘ydi. Vakillarimizning yagona goliga Doston Usmonov mualliflik qildi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq jamoamiz Tojikistonni mag‘lub etgan bo‘lsa, Qirg‘iziston termasiga mag‘lub bo‘lgandi.
Fikrlar