Futzal. Oliy liga startiga bir necha kun qoldi
Joriy yilning 2 sentyabr kuni mamlakat XXIX milliy chempionati start oladi. Oliy liganing birinchi tur bahslari poytaxtimizdagi "Yunusobod" sport majmuasida tashkil etiladi. Taqvimga binoan muxlislar har kuni uchtadan murosasiz o‘yinlarning guvohi bo‘lishadi. Uchrashuvlar soat 15:00, 17:00 hamda 19:00 ga rejalashtirilgan.
Birinchi turdayoq mamlakatimizning ikki etakchi jamoasi o‘zaro kuch sinashadi. Oxirgi yillarda chempionlik uchun raqobat qilayotgan BMB va "Oil Star"ning bu galgi to‘qnashuvi ham shiddatli o‘tishi shubhasiz.
Birinchi tur taqvimi bilan quyida tanishishingiz mumkin:

.jpg)
Bundan tashqari ham har kuni ko‘plab markaziy o‘yinlar borki, "Yunusobod" sport majmuasiga kelgan futzal ishqibozlari zerikib qolishmaydi.
Fikrlar