Futzal. Osiyo kubogi finalida sensatsiya yuz bermadi
27 yanvardan buyon davom etayotgan futzal bo‘yicha Osiyo kubogi o‘z yakuniga yetdi. Bugun turnirning final uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Qit’a chempionligi uchun mezbon Indoneziya va Eron milliy terma jamoalari parketga chiqdi. Teng kurashlar ostida o‘tgan uchrashuvda durang natija qayd etildi. Birinchi bo‘limda mezbonlar 3:2 hisobida g‘alaba qozondi. Ikkinchi bo‘limda forslar hisobni tenglashtirdi. Biroq bir necha soniyadan so‘ng Indoneziya yana hisobda oldinga chiqib olgandi, ammo o‘yin tugashiga 2 daqiqa qolganida Eron yana hisobni tenglashtirdi 4:4. Qo‘shimcha bo‘limlarda ham jamoalar haqiqiy jang namoyish etib berdi. Jamoalar penaltilar seriyasigacha yana bitta dan gol urishga erishdi. G‘olib nomi esa penaltilar seriyasida aniqlandi. Latereyada esa forslar 5:4 hisobida g‘alaba qozonib, 14-marta qit’a chempionligini qo‘lga kiritdi.
Fikrlar