Futzal Osiyo kubogi. "S" guruhidan chorak finalga yo‘l olgan jamoalar nomi ma'lum
Indoneziya mezbonlik qilayotgan qit’a birinchiligida 3-tur oʻyinlari davom etmoqda. Oʻzbekiston milliy terma jamoasi pley-off yoʻllanmasi uchun guruh peshqadami Yaponiyaга qarshi bahs olib bordi. Uchrashuvda dastlab futzalchilarimiz hisobni ochgandi, biroq ikkinchi boʻlimda "samuraylar" 2ta gol urib, gʻalabani ilib ketdi. Guruhning ikkinchi oʻyinida esa qoʻshnilarimiz Tojikiston terma jamoasi Avstraliyaga qarshi parketga chiqib, murosa koʻchasini tanladi.
Shu tariqa, Yaponiya 9 ochko bilan birinchi, Oʻzbekiston esa 4 ochko bilan ikkinchi oʻrinni egallab, chorak finalga yoʻl oldi. Tojikiston va Avstraliya uchun musobaqa guruh bosqichining oʻzidayoq yakunlandi.
Fikrlar