Futzal. Osiyo kubogining ilk finalchisi nomi ma'lum
Indoneziya mezbonlik qilayotgan futzal bo‘yicha qit’a birinchiligi o‘zining yakuniy bosqichiga yetib kelmoqda. Bugun turnirning yarim final bahslariga start berildi. Kunning birinchi uchrashuvida Iroq va Eron terma jamoalari final chiptasi uchun kurash olib bordi. Jangovar o‘tgan o‘yinda forslar 4:2 hisobida g‘alaba qozonib final yo‘llanmasiga ega chiqdi.
Shu tariqa, Eron terma jamoasi finalda Yaponiya Indoneziya uchrashuvi g‘olibiga qarshi bahs olib boradi.
Fikrlar