
Futzal. O‘zbekiston - Venesuela: matnli translyatsiya
Assalomu alaykum, muhtaram sport ixlosmandlari! Futzal bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi Toshkentdagi "Yunusobod" sport majmuasida Venesuela terma jamoasiga qarshi maydonga tushmoqda. Ushbu sahifa orqali mazkur bahsni matnli translyatsiya ko‘rinishida tomosha qilishingiz mumkin.
O‘zbekiston - Venesuela 3:3
40. Uchrashuv yakunlandi. Birinchi o‘rtoqlik o‘yinida jangovar durang!
40. O‘yin yakunlanishiga bir necha soniyalar qolgan bir paytda Umarov jamoamizni muqarrar goldan saqlab qoldi.
39. Biz faqat g‘alaba uchun o‘ynaymiz! Bahodir Ahmedov o‘ynovchi darvozabonni maydonga tushirdi.
38. O‘yin shiddatli tempda davom etmoqda. So‘nggi soniyalar shunchaki "yonishi" tayin.
37. Choriev bir qarorga kelgunicha vaziyat kech bo‘lgandi. Davron tez qaror qabul qila olmay xatoga yo‘l qo‘ydi.
36. Raqib futzalchisi sariq kartochkaga loyiq ko‘rildi. Venesuela follar soni bo‘yicha oldinga ham o‘tib oldi 4:5.
35. Ahmedov maydonga eng optimal tarkibni tashladi. Usmonovning uzatmasidan keyin Rahmatovning kuchli zarbasi himoyachilardan qaytdi.
34. Raqib yo‘llagan zarbadan keiyn to‘p darvoza to‘sinidan qaytdi.
34. Venesuelaning 3-raqamli futzalchisi himoyachilarimizga katta bosh og‘riq bo‘lmoqda.
33. Ilhom Hamroevning yaqin masofadan bergan zarbasini raqib darvozaboni qaytardi.
32. Nazorat vakillarimiz tomonda. Raqib qarshi hujumlarga tayanmoqda.
31. Dilshod Rahmatovning bu safargi zarbasiga aniqlik etishmadi.
31. Raqib futzalchisi hakamning qarooriga e’tiroz bildirdi. Follar bo‘yicha hisob: 4:3.
30. Gol o‘tkazib yuborgan futzalchilarimiz hujumkorlikni biroz oshirdi.
29. O‘yin teng kurashlar ostida davom etmoqda.
28. GOL. Mehmonlar yana hisobni tenglashtirdi.
Darvozabonimiz qarshisida yolg‘iz qolgan 8-raqamli futzalchi Umarov darvozasiga to‘p kiritdi.
28. Jarima to‘pini Rahmatov ijro etdi. Uning zarbasidan keyin to‘p qaytarildi. Ammo hujumni biz davom ettiramiz.
28. Tezkorlik bilan oldinga o‘tgan Nishonov qoida buzish evaziga to‘xtatildi. Yaqin masofadan standart vaziyatga egamiz.
27. Vakillarimizning uzatmalarida xatolar ko‘zga tashlana boshladi.
26. Yana o‘sha 4-raqamdagi futzalchi kuchli zarba berdi. Hayriyat, bu safar ham zarbaga aniqlik etishmadi.
26. Ikkinchi taymda Ahmedov shogirdlari hujumda oqsamoqda.
25. Husniddin Nishonovning zarbasidan keyin raqib posboni xavfni bartaraf etdi.
24. Mehmonlarning 4-raqamdagi vakili havodan kelgan to‘pni darvozamizga yo‘lladi. Noaniq.
24. Kichik ustunlik hamon raqibda. Bu safar yo‘llangan zarbani Rustam Umarov qaytardi.
23. Venesuelaliklarning bosimi davom etmoqda. Yigitlar o‘zlariga kelishi lozim.
23. 3-raqamdagi futzalchining zarbasini darvozabonimiz qaytardi.
22. Raqib jamoa to‘p nazoratini o‘zlarida ushlab turibdi. Futzalchilarimizda kichik xatolar uchrab ulgurdi.
21. Ikkinchi taym boshlandi!
20. Tanaffus!
20. Taym yakuniga sanoqli soniyalar qolganida raqib yana xavfli hujum tashkillashtirdi. Zarba ustundan qaytdi.
20. GOOOOOOOOOOOOOOOOOL! Rahmatooooooooooooooooooooov!
Burchakdan etkazib berilgan to‘pga kuchli zarba bergan Dilshodning urinishini raqib darvozaboni qaytara olmadi.
20. Bo‘limning so‘nggi daqiqasini vakillarimiz hujumda o‘tkazmoqda.
19. Fintlari bilan futzalchilarimizni ancha ter to‘kishga majbur qilayotgan venesuelalik futzalchini Xamroev qo‘pollik evaziga to‘xtatdi. Raqibda yaqin masofadan standart.
19. Yana qarshi hujum va yana Elmurodov jamoamizni goldan qutqarib qolmoqda. Barakalla!
19. Reja bo‘yicha Rahmatovning darvoza tomon yo‘naltirgan to‘pini sheriklari darvozaga to‘g‘irlab yuborishi kerak edi. Ammo raqib ildamroq harakat qildi.
18. Jarima maydoni yaqinida Sunnat Jo‘raboevga nisbatan qoida buzildi. Qulay pozitsiyada standart vaziyatga egamiz.
18. Qarshi hujumda jazolanishimizga bir bahya qoldi. Ammo darvozabonimiz birga-bir vaziyatda seyv ijro etdi.
17. Endi vakillarimiz pozitsion hujum uyushtirmoqda.
16. Qariyb bir daqiqa mobaynida raqib to‘pni o‘zida ushlab turdi. Ammo yakunlovchi zarbaga aniqlik etishmadi.
15. Akbar Usmonovning zarbasi noaniq chiqdi.
15. Chorievga nisbatan markazda qoida buzildi. Follar bo‘yicha hisob 2:1.
14. Raqib darvozaboni yaqin masofadan berilgan zarbani qaytarib jamodoshlari joniga ora kirdi.
14. Rahmatovning o‘rta masofadan bergan zarbasi o‘zimiznikilardan biriga tegib yo‘nalishini o‘zgartirdi. Hechqisi yo‘q. Shunaqasi ham bo‘lib turadi.
13. Davron Chorievning hujumda ishlatgan foli raqib jamoa e’tirozlariga sabab bo‘ldi. Ammo darrov uzr so‘rab raqibini o‘rnidan turishiga ko‘maklashib yuborgan Davron vaziyatni yumshatdi.
13. Birinchi taym yakunlanib borayotgan bir paytda o‘yin teng kurashlar ostida davom etmoqda.
12. Mehmonlarning 9-raqamdagi futzalchisi yaqin masofadan kuchli zarba berdi. Elmurodov to‘pni qaytardi.
11. Vakillarimizdan yana bir zarba. Bunisi noaniq chiqdi.
11. Raqibdan to‘pni olib qo‘ynan Akbar Usmonovning zarbasi darvozaga qadar etib bormadi.
10. GOL. Hisob tenglashdi!
Jamoadoshi ohista qoldirib ketgan to‘pni Venesuelaning 4-raqamdagi futzalchisi Elmurodov darvozasiga kiritdi.
10. Raqibning 3-raqam ostida harakat qilayotgan futzalchisi qolganlaridan ajralib turibdi. U personal qo‘riqlanmoqda.
9. O‘yin Ahmedov shogirdlarining kichik ustunligi ostida davom etmoqda. Ammo raqib ham munosib qarshilik ko‘rsatyapti.
8. Yaqin masofadan yo‘llangan zarbani raqib darvozaboni qaytarishga muvaffaq bo‘ldi.
7. GOOOOOOOOOOOOOOOOOL! Yana hisobda oldinga o‘tib oldik!
Rahmatovning bu safargi urinishidan keyin darvozabon jamoasini goldan qutqara olmadi.
7. Dilshod Rahmatovning zarbasidan keyin darvozabon to‘pni qaytardi.
6. Maydonda bosim yuqori darajada. Futzalchilar umuman tinmayapti. Raqibning 3-raqamdagi futzalchisi kuchli ammo noaniq zarba yo‘lladi.
5. Arenaga yig‘ilgan muxlislar futzalchilarimizni tinmay qo‘llab-quvvatlamoqda. Vakillarimiz bundan kuch olishi shubhasiz!
4. GOL. Afsuski, qarshi hujumni o‘tkazib yubordik. Darvozabonimiz bilan birga-bir vaziyatga chiqib borgan raqib futzalchisi Elmurodovni ojiz qoldirdi.
3. Vakillarimiz faol o‘yin ko‘rsatishda davom etmoqda. Hisob o‘zgarishi mumkin.
2. GOOOOOOOOOOOOOOOL! Futzalchilarimiz hisobni ochdi!
Qulay pozitsiyaga chiqib borgan Akbar Usmonov aniq zarbasi bilan darvozani ishg‘ol etdi.
1. Ilk daqiqadayoq raqiblarimiz xavfli hujum uyushtirdi. Ammo venesuelalik futzalchi darvozabonimizning xatosidan foydalana olmadi va bo‘sh qolgan darvozaga zarba berishga kechikdi.
19:00. O‘yin boshlandi!
18:59. Venesuela jamoasi darvozabonining onasi vafot etganligi tufayli bir daqiqalik sukut saqlandi.
18:58. Sardorlar ishtirokidagi rasmiy jarayonlar ortda qoli. Start uchun barchasi tayyor!
18:56. Endi navbat bizniki! Butun zal milliy madhiyamizni jo‘r bo‘lib kuylamoqda!
18:55. Futzalchilar maydonga tushib keldi. Milliy madhiyalar yangramoqda. Avvalo mehmonlarimiz Venesuela madhiyasi!
18:40. Futbolchilar mashg‘ulotlarni yakunladi. Endi ular o‘z murabbiyidan so‘nggi ko‘rsatmalarni qabul qilib oladi.
18:30. Jamoalar o‘yin oldidan chigalyozdi mashqlarini bajarmoqda.
Fikrlar