
Futzal. O‘zbekiston joy olgan guruhda vaziyat qanday? (Foto)
Xabaringiz bor, futzal bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi Osiyo kubogi saralash bosqichida ishtirok etmoqda. Vakillarimiz "B" guruhidan joy olgan.
Bugun bo‘lib o‘tgan Nepalga qarshi 5:1 hisobidagi g‘alabadan so‘ng hamyurtlarimiz guruhda 3 ochko bilan etakchilik qilmoqda. Bir-biri bilan durang o‘ynagan Afg‘oniston va Tojikiston terma jamoalari mos ravishda ikkinchi va uchinchi o‘rinlardan joy olgan. Yirik hisobda mag‘lubiyatga uchragan Nepal so‘nggi pog‘onada bormoqda.
Eslatib o‘tamiz, futzalchilarimiz ertaga Afg‘onistonga qarshi o‘yin o‘tkazadi. Uchrashuv 13:00da start oladi.
Fikrlar