
Futzal. O‘zbekiston Tojikistondan ustun keldi
Futzal bo‘yicha Cafa U-19 turniridan o‘rin olgan O‘zbekiston - Tojikiston o‘smirlari o‘rtasidagi o‘yin yakuniga etdi. Mazkur bahsda vakillarimiz 3:1 hisobida g‘alaba qozondi.
Termamiz safida Daler Eshonqulov dubl qayd etdi. Shuningdek, Samandar Murodqulov ham o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘yishga muvaffaq bo‘ldi. Qo‘shnilarimiz tarkibida Jovidon Hushvaqtov jamoamiz darvozasiga to‘p kiritdi.
Fikrlar