Fyodor Emelyanenko boksda jang o‘tkazmoqchi, raqib esa...

  • 11.11.2024 13:15
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA

MMA afsonasi Fyodor Emelyanenko boks qoidalariga ko‘ra jang qilishni istamoqda.

"Men yaqinda bir necha bor operatsiya bo‘ldim. Hozir ahvolim yaxshi bo‘lsa-da, endi MMA da yana jang qila olmasligim aniq.  Shunday ekan o‘zimni ringda sinab ko‘rmoqchiman. Chunki boksni juda yoqtiraman. Bu bo‘yicha muzokaralarni ham boshlab yuborganmiz. Tez orada Andrey Orlovski yoki Mirko Kro Kop bilan jang o‘tkazishim mumkin", - dedi Emelyanenko "Ushatayka" You Tube kanaliga bergan intervyusida.

Eslatib o‘tamiz, Fyodor Emelyanenko so‘nggi jangini "Bellator 290" turnirida o‘tkazib, Rayan Beyderdan 1-raundda nokautga uchragan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!