Gyuler Mourinyo bilan ishlash haqida fikr bildirdi
Madridning «Real» jamoasida to‘p surib kelayotgan yarim himoyachi Arda Gyuler jamoaning yangi bosh murabbiyi Joze Mourin’yu qo‘l ostida ishlash haqida fikr bildirdi.
«Mourin’yu kabi afsona bilan birga ishlash – men uchun katta imkoniyat. U kishi va uning yordamchilari maydonda ham, undan tashqarida ham hammasini tushunarli qilib, atroflicha izohlab berishadi. Maydondan tashqarida juda samimiy odamlar. Eng yaxshi natijalarni ko‘rsatish uchun ishni boshlaganimdan xursandman. Mavsum oldidan eng muhim jihat – jismoniy tayyorgarlik ustida ishlash. Shu bilan birga, bosh murabbiyning talablarini tinglash va ularni to‘liq tushunish ham juda ahamiyatli», – deya turkiyalikning so‘zlarini keltiradi Mundo Deportivo nashri.
Arda Gyuler o‘tgan mavsum La Liga doirasida 33 ta o‘yinda maydonga tushdi. 21 yoshli futbolchi shu muddat ichida to‘rtta gol urdi va to‘qqizta golli uzatma muallifiga aylandi.

Fikrlar