Gabi: "Qorabox"ga qarshi bahsda xato qilishga haqqimiz yo‘q
Madridning “Atletiko” klubi yarim himoyachisi Gabi Chempionlar ligasi guruh bosqichining 4-turida bo‘lib o‘tadigan “Qorabox”ga qarshi bahs oldidan o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
“Biz kurashishda davom etamiz, bunga barchamiz tayyormiz. Agar biz o‘z vazifamizni sidqidildan bajarsak, barchasi yaxshi bo‘lishiga ishonaman.
Bugungi uchrashuvda bizning xato qilishga haqqimiz yo‘q. Biz raqibdan ko‘ra kuchliroq ekanligimizni ilk daqiqalardanoq isbotlashimiz kerak. So‘nggi paytlarda biz haqimizda bo‘layotgan tanqidlar ushbu uchrashuvda g‘alaba qozonishimizga yordam beradi. Biroq, bu o‘yin qiyin kechadi”, - deydi Gabi.
Eslatib o‘tamiz, “Atletiko” hamda “Qorabox” jamoalari o‘rtasidagi bahs bugun Toshkent vaqti bilan soat 00:45da boshlanadi.



Fikrlar