Gael Klishi o‘ziga yangi jamoa topdi
"Servett" klubi Gael Klishini o‘z tarkibiga qo‘shib olganligini rasman e’lon qildi.
35 yoshli futbolchi Shveytsariya klubi bilan 1,5 yillik bitim imzoladi va u 3-raqam ostida to‘p tepadigan bo‘ldi.
Frantsiyalik himoyachining transferini amalga oshirishda "Servett" sport direktori va "Arsenal"ning sobiq futbolchisi Filipp Senderos bosh rolni o‘ynadi.
Klishi faoliyati davomida "Arsenal", "Manchester Siti", "Kan" va "Istanbul" klublarida o‘ynagan. Bundan tashqari, Frantsiya terma jamoasi safida 20 ta bahs o‘tkazib ulgurgan.
Fikrlar