G‘alabani qo‘ldan chiqargan “Chelsi” ustozining mazasi qochdi
Annliya Premier-ligasining 19-turida “Cheosi” o‘z maydonida “Bornmut” bilan kuch sinashib, g‘alabani qo‘ldan chiqardi va uchrashuv 2:2 hisobida yakunlandi.
Durangdan keyin “aristokratlar”ning 45 yoshli bosh murabbiyi Enzo Mareska o‘zini yomon his qilib, mazasi qochdi.
Bu haqida talkSPORT jurnalisti Aleks Kruk xabar berdi.
Manba ma’lumotlariga ko‘ra, italyalik mutaxassis ahvoldan kelib chiqib, o‘yindan keyingi matbuot anjumanida ham ishtirok eta olmagan.
“Chelsi” Premier-liganing oxirgi yettita uchrashuvida bor-yo‘g‘i yetti ochko jamg‘ara oldi xolos. Mareska shogirdlari bu bahslarning faqat bittasida zafar quchgan, to‘rt marta durang o‘ynab, “Aston Villa” va “Lids”dan mag‘lubiyatga uchragan.
Fikrlar