«Galatasaray» Foden bo‘yicha muzokaralarni boshladi
«Galatasaray» «Manchester Siti» yarim himoyachisi Fil Fodennni qo‘lga kiritish bo‘yicha harakatni boshladi. Bu haqida Fanatik nashri xabar berdi.
Manba ma’lumotiga ko‘ra, turk klubi allaqachon «Siti» rahbariyati bilan rasmiy muloqotni yo‘lga qo‘ygan. Maqsad — 26 yoshli futbolchining ehtimoliy transferi shartlarini aniqlash. «Galatasaray» prezidenti muzokaralarni olib borish vazifasini italyalik agent Jorjo Gardiga topshirgan. U avval ham bir qator yulduz futbolchilarni Istanbul jamoasiga olib kelish jarayonida ishtirok etgan.
Xabarda ta’kidlanishicha, bozor qiymati taxminan 70 million yevro atrofida baholanyotgan Foden karerasini yangi bosqichga olib chiqish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Angliyalik yarim himoyachining «Manchester Siti» bilan amaldagi shartnomasi o‘z kuchini saqlab qolgan oxirgi yiliga kirgan.
O‘tgan mavsumda Foden Angliya chempionati doirasida 33 o‘yinda maydonga tushib, 7 ta gol urdi va 5 ta golli uzatma muallifiga aylandi.

Fikrlar