"Galatasaray" MYu futbolchisini sotib olmoqchi
"Manchester Yunayted" xavbeki Manuel Ugarte qishki transfer oynasida jamoani tark etmoqchi. Bu haqda jurnalist Erol Evsen xabar bermoqda.
Manbaning so‘zlariga ko‘ra, "Galatasaroy" Ugartening o‘yinlarini diqqat bilan kuzatib bormoqda. Turk klubi yarim himoyachini ijaraga olishga yoki butunlay sotib olishga tayyor. Ugarte "Sporting"da Ruben Amorim qo‘l ostida o‘ynaganiga qaramay, murabbiy uning "Old Trafford"dagi o‘yinidan norozi. Bu mavsumda 24 yoshli futbolchi Angliya Premer-Ligasining o‘nta o‘yinida maydonga tushdi.
Ma’lumot uchun, urugvaylik futbolchining "Manchester Yunayted" bilan shartnomasi 2029 yil iyun oyida tugaydi. "Transfermarkt" portali uning qiymatini 35 million evroga baholamoqda.

Fikrlar