"Galatasaray" Osimxenni sotib olishga yaqin!
"Galatasaray" Viktor Osimhenning to‘liq transferi bo‘yicha "Napoli" bilan muzokaralarning so‘nggi bosqichida. Bu haqda nufuzli insayder Fabritsio Romano xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, tomonlar kelishuvning yakuniy tafsilotlari bo‘yicha kelishuvga erishgan. O‘tgan mavsumni Istanbul klubida ijara asosida o‘tkazgan Osimhen jamoa hujum chizig‘ining asosiy figurasiga aylandi. Nigeriyalik futbolchi barcha musobaqalarda 41 ta o‘yinda 37 ta gol urdi va 8 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Ushbu statistika "Galatasaray" rahbariyatini futbolchini sotib olish uchun pul tikishga ishontirdi. Manbalarga ko‘ra, transfer summasi 70 million evro atrofida bo‘lishi mumkin.
Fikrlar