"Galatasaray" Van Deyk uchun taklif tayyorlamoqda
Turkiyaning "Galatasaray" klubi "Liverpul" sardori Virjil van Deykni oʻz safiga qoʻshib olish umididan voz kechmayapti.
Jurnalist Sebastyen Vidalning maʼlum qilishicha, Istanbul klubi tajribali himoyachi uchun yaqin haftalar ichida rasmiy taklif bilan chiqishni rejalashtirmoqda.
Niderlandiyalik futbolchining "Liverpul" bilan amaldagi shartnomasi yana bir yil davom etadi. Shunga qaramay, "Galatasaray" uni shu yozning oʻzidayoq jamoaga olib kelishni istamoqda.
Biroq mersisaydliklar rahbariyati himoya chizigʻi yetakchisi bilan xayrlashish ehtimolini deyarli istisno qilmoqda.
Van Deyk oʻtgan mavsum "Liverpul" safida 55 ta uchrashuvda ishtirok etib, 8 ta gol urdi va 3 ta golli uzatma amalga oshirdi.
Maʼlumot uchun, tajribali himoyachi iyul oyida 35 yoshni qarshi oladi.

Fikrlar