Asosiy mazmunga oʻtish

Gandbolchilarimiz jahon chempionatiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi

Ahmadbek Eshmatov
Izohlar: 0

"IHF TROPHY" kubogining Osiyo mintaqasidagi bahslari yakunlandi.

Tailandda ganbol bo‘yicha "IHF TROPHY" kubogining Osiyo mintaqasidagi bahslari yakunlandi. Quvonarlisi, unda ishtirok etgan O‘zbekiston U17 qizlar jamoasi g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. 

Final bahsida qizlarimiz hindistonlik tengqurlarini 48:47 hisobida mag‘lubiyatga uchratishdi. Qayd etish joiz, ushbu g‘alaba jamoamizga kelasi yil tashkil etiladigan jahon chempionati yo‘llanmasini ham taqdim etdi.

Bu haqda MOQ xabar bermoqda.

Ulashish
SPORTS.uz'ni Youtube'da tomosha qiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q