Garet Beyl Ronalduning "Real"dagi faoliyati haqida hech kim kutmagan javobni berdi!
Garet Beyl sobiq jamoadoshi Krishtianu Ronalduning faoliyati davomidagi transformatsiyasiga baho berdi.
"Men yoshligimda APLda o‘ynagan paytimda, Ronaldu qanot hujumchisi, juda yorqin futbolchi edi. "Real"ga o‘tganimda esa, u to‘purarga aylanish jarayonini endi boshlayotgandek tuyuldi. U yerda u shunday xulosaga keldi: agar kamroq kuch sarflab, ko‘proq gol ursa, yanada ko‘proq e’tirof va maqtovga erishadi.
Shuning uchun "Real"da ham u dribling qilardi, lekin yoshi ulgaygan sari o‘yini o‘zgardi. Ilk 2–3 mavsumda u, ehtimol, "Manchester Yunayted"dagi Krishtianuga o‘xshardi. Keyin esa transformatsiya yuz berdi: "Men orqaga uncha ishlamasam ham bo‘ladi, shunda qarshi hujumda yaxshiroq pozitsiyada bo‘laman".
U mashg‘ulotlarda ham, o‘yinlarda ham gollarga juda chanqoq edi. Unga faqat gollar kerak edi. Ainan shu sababli u shuncha rekordlarga ega", — dedi Beyl "The Overlap" podkastida.
Fikrlar