Garet Sautgeyt Maguayr haqida: "Bizda bunday jismoniy holatga ega boshqa himoyachi yo‘q"

  • 21 noyabr, 2022, 19:04
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Angliya terma jamoasi bosh murabbiyi Garet Sautgeyt Eronga qarshi bahs oldidan Xarri Maguayr haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

"To‘pni nazorat qilish borasida u ajoyib futbolchi. Bizda bunday jismoniy holatga ega boshqa himoyachi mavjud emas.

Uning kuchli tomoni to‘p bilan muomala qilishida. Shuningdek, Maguayr jamoa etakchisi bo‘la oladi. Bu juda muhim omillardan biri", - dedi angliyalik mutaxassis.  

Eslatib o‘tamiz, ayni paytda Angliya birinchi bo‘limdan so‘ng Eronni yirik 3:0 hisobida taslim etyapti. Mazkur bahsda Xarri o‘z nomiga bitta golli uzatma yozdirib qo‘ydi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!