Garnacho: "Bolaligimda "Chelsi"ga muxlislik qilardim"

  • 03.09.2025 16:27
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Londonning "Chelsi" klubi safiga "Manchester Yunayted"dan kelib qo‘shilgan Alexandro Garnacho "aristokratlar"ning azaliy muxlisi ekanini tan oldi.

"Bolaligimda APL o‘yinlarini kuzatganman. Azarning o‘yinini tomosha qilish menga yoqardi. "Chelsi"ni qo‘llab-quvvatlardim. O‘shanda Eden men uchun namuna edi. U tufayli bu pozitsiyani tanladim", - deya argentinalik futbolchining so‘zlarini keltirdi klub matbuot xizmati.

Eslatib o‘tamiz, Alexandro yozgi transferlar vaqtida "qizil iblislar"ni London klubiga almashtirgan edi. 21 yoshli vingerning transferi "Chelsi"ga 46 million evroga tushgan. Argentinalik futbolchi "pensionerlar" bilan 2032 yil iyun oyi oxirigacha mo‘ljallangan uzoq muddatli mehnat shartnomasini imzoladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!