Garnacho MYu sotgan eng qimmat futbolchilardan biri bo‘ladi

  • 29.08.2025 09:12
  • Jahongir Inomjonov
  • 0
  • Futbol

"Manchester Yunayted" vinger Alexandro Garnachoni "Chelsi" klubiga sotishga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Klublar o‘rtasida allaqachon kelishuvga erishilgan bo‘lib, transfer qiymati 40 million funt sterlingni tashkil etadi.

21 yoshli argentinalik futbolchi "qizil iblislar" tomonidan sotilgan eng qimmat o‘yinchilar ro‘yxatida to‘rtinchi o‘rinni egallaydi.

Reyting etakchisi Krishtianu Ronaldu (94 million evro, "Real Madrid") bo‘lib qolmoqda, ikkinchi o‘rinda Romelu Lukaku (74 million, "Inter"), uchinchi o‘rinda esa Anxel di Mariya (63 million, PSJ). Garnacho hozirda to‘rtinchi pog‘onada joylashgan Devid Bekxemdan (37,5 million, "Real Madrid") o‘zib ketadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!