Garsiya "Barselona"ning o‘yin uslubi haqida gapirdi

  • 13.11.2025 13:54
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol

"Barselona" darvozaboni Joan Garsiya jamoaning yuqori chiziqda o‘ynaydigan himoyasi haqida fikr bildirdi.

"Biz, darvozabonlar, butun o‘yin davomida yanada diqqatli bo‘lishimiz kerak. Bu xavfli strategiya — buni tan olish lozim. Lekin agar hamma ishni to‘g‘ri bajarsang va maydonda boringni bersang, bu taktika o‘z samarasini beradi.

Raqibni tezroq o‘ylashga majbur qilasan. Agar raqib uchun bo‘sh joy kamaysa, u xatoga yo‘l qo‘yadi, natijada jamoamiz to‘pni ko‘proq nazorat qiladi. Lekin buni amalga oshirish uchun juda yaxshi tayyorgarlik kerak, chunki barchasi santimetrlarda hal bo‘ladi.

Bu usul ish beradi — buni o‘tgan mavsumda ham ko‘rganmiz. Biroq bu yil ayrim jihatlarni takomillashtirishimiz kerak. Biz raqibga noqulaylik yaratishga, undan vaqtni olib qo‘yishga va bo‘sh joyga pas berish imkonini bermaslikka harakat qilyapmiz", — dedi Joan Garsiya "RAC1" nashriga bergan intervyusida.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!