Garsiya: "Inigo bizga katta yordam berardi, sababi unda biz yoshlarda yo‘q tajriba bor edi"

  • 12.09.2025 11:21
  • Jahongir Inomjonov
  • 0
  • Futbol

"Barselona" himoyachisi Erik Garsiya Inigo Martinesning klubdan ketishi haqida fikr bildirdi.

34 yoshli markaziy himoyachi Xans-Diter Flik qo‘l ostida "ko‘k-anorranglilar"ning asosiy futbolchilaridan biri edi. Avgust oyida Kataloniya grandi etakchisini Saudiya Arabistonining "An-Nasr" klubiga o‘tkazishga majbur bo‘ldi.

- Bizga Inigo maydonda ham, undan tashqarida ham juda etishmaydi. U bizga katta yordam berardi, sababi unda biz yoshlarda yo‘q tajriba bor edi. Martines o‘tgan mavsumni ajoyib o‘tkazdi.

Ammo futbolda shunday bo‘ladi - muhim o‘yinchilar turli sabablarga ko‘ra ketadi, ularsiz davom etishga to‘g‘ri keladi. Qolganlar o‘zlarining eng yaxshi fazilatlarini namoyon qilishlari lozim. Bizda yosh jamoa bor, shunga qaramay biz tayyormiz, bu bizning mas’uliyatimiz, - dedi Erik Garsiya.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!