
Gattuzo og‘ir yo‘qotishga uchradi
"Napoli" klubi bosh murabbiyi Jennaro Gattuzoning singlisi Francheska 38 yoshida vafot etdi. Bu haqda Football Italia nashri xabar tarqatmoqda.
Francheska 2020 yilning fevral oyidan buyon jonlantirish bo‘limida davolanayotgan edi. Uning o‘limiga nima sabab bo‘lgani hozircha ma’lum emas.
Ta’kidlash lozimki, Gattuzoning singlisi uzoq yillar “Milan”da kotiba bo‘lib ishlagan. Shu bois “rossonerilar” ham uning o‘limi yuzasidan hamdardlik bildirishgan.
Fikrlar