
Gattuzoning "Napoli"da sovrin yutishi uchun 17 ta o‘yin etarli bo‘ldi
Kecha “Napoli” Italiya kubogi finalida “Yuventus”ni engib, bosh sovrinni qo‘lga kiritdi.
E’tiborlisi, “Napoli” bosh murabbiyi Jennaro Gattuzo ushbu jamoada sovrin qo‘lga kiritish uchun bor yo‘g‘i 17 ta o‘yin kifoya qildi xolos. Bu 42 yoshli mutaxassisning bosh murabbiy sifatidagi ilk sovrini sifatida ham tarixga kirdi.
“Napoli” finalga qadar «Peruja» (2:0), «Latsio» (1:0) va «Inter» (1:0, 1:1) kabi jamoalarni mag‘lubiyatga uchratgan edi.
Fikrlar