Gavi “Barsa”da qaysi yulduzni kutayotganini ochiq aytdi

  • 27.06.2026 12:03
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

«Barselona» yarim himoyachisi Gavi o‘z klubida ko‘rishni istaydigan ideal yangi futbolchining nomini aytdi.

Ispaniyalik futbolchi ortiqcha xayollarga berilmadi va ayni paytda hammaning tilida bo‘lgan futbolchining nomini tilga oldi.

- Qaysi futbolchini “Barselona”da ko‘rishni istardim? Xulian Al’varesni, - dedi 21 yoshli yarim himoyachi jurnalistlar bilan suhbatda.

Madridning «Atletiko» klubi hujumchisi Xulian Al’vares uzoq vaqtdan buyon kataloniyaliklarning asosiy transfer maqsadi hisoblanadi.

Ko‘plab xabarlarga ko‘ra, futbolchining o‘zi ham Hans-Diter Flik jamoasiga o‘tishni juda istamoqda. Biroq «matraschilar» printsipial raqibi bilan muzokaralar olib borishni mutlaqo istamayotgani aytilmoqda.

Transfermarkt portalida 26 yoshli hujumchining bozor qiymati 100 million yevro etib ko‘rsatilgan.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!