Gavi: "Jahon chempionatida o‘ynash orzuim yana ushaldi"
"Barselona" yarim himoyachisi Gavi Ispaniya terma jamoasining Jahon chempionati uchun qaydnomasiga kiritilganiga munosabat bildirdi.
Kecha Ispaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Luis de la Fuente mundial uchun yakuniy tarkibni e’lon qildi. Gavi tizzasidagi jarohat va operatsiya sabab bir yil davomida terma jamoada o‘ynamagan edi.
“Orzuim ushaldi va men o‘z mamlakatim sharafini himoya qilib, ikkinchi Jahon chempionatimda ishtirok etaman!
So‘nggi uch yil ichidagi qiyinchiliklar, jarohatlar va qaytishlardan keyin bu chempionat men uchun boshqacha his qilinadi. Lekin ishontirib aytaman — kubokni uyga olib kelish uchun qo‘limdan kelgan barcha ishni qilaman.
26 nafar futbolchi ro‘yxatida bo‘lish men uchun katta faxr va sharaf. Biz muxlislar ham biz bilan faxrlanishi uchun barcha kuchimizni ishga solamiz", — deb yozdi Gavi ijtimoiy tarmoqda.

Fikrlar