Gavi nima uchun 6-raqamda o‘ynay olmaydi?

  • 17 yanvar, 2023, 18:38
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Barselona" hali ham Gavini jamoa futbolchisi sifatida ro‘yxatdan o‘tkazmagan. Sentyabr oyida Kataloniya klubi ispaniyalik bilan shartnomani 2026 yilgacha uzaytirganini, yangi kelishuv shartlariga ko‘ra, uning maoshi oshirilishini e’lon qilgandi.

Tecno

Dekabr oyida ma’lum bo‘lishicha, "ko‘k-anorranglilar" maoshi oshirib yuborilgani uchun Gavini asosiy tarkibga kirita olmagan. Shu sabab u 6-raqamni olishni istasa-da, 30-raqamda o‘ynaydi.

"Mundo Deportivo" nashri xabariga ko‘ra, bu masala haligacha hal etilmagan. 18 yoshli yarim himoyachining shartnomasi hali La Ligada qayd etilmagan. Shu sabab Gavi yangi maosh olmaydi va jamoa asosiy o‘yinchisining raqamini ololmaydi.

Eslatib o‘tamiz, ispaniyalik yarim himoyachi so‘ngi "el-klasiko"ning eng yaxshi o‘yinchisi, deb topildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!