Gavi "Real" kiyim almashtrish xonasidagi janjal haqida fikr bildirdi

  • 20.05.2026 15:00
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Barselona" yarim himoyachisi Gavi "Real" kiyim almashtrish xonasida sodir bo‘lgani aytilgan janjal haqida o‘z munosabatini bildirdi.

Avvalroq matbuotda madridliklar futbolchilari — Federico Valverde va Orelien Tchuameni o‘rtasida mushtlashuv yuz bergani haqida xabarlar tarqalgan edi. Manbaga ko‘ra, janjal oqibatida Valverde boshidan jarohat olgan, Tchuameni esa keyingi o‘yinda maydonga tushgan.

"Valverde va Tchuameni janjalimi? Menimcha, agar futbolchilar o‘zaro mushtlashgan bo‘lsa, murabbiy ularni keyingi o‘yinga qo‘ymasligi kerak.

Agar bu rost bo‘lsa, Tchuameniga "El-klasiko"da o‘ynash imkonini berish xato qaror bo‘lgan. Lekin aslida nima bo‘lganini aniq bilmayman", — dedi Gavi.

Eslatib o‘tamiz, 10 may kuni “Barselona” “Real”ni 2:0 hisobida mag‘lub etib, muddatidan avval Ispaniya chempioniga aylangan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!