Gavidan ko‘ra yaxshiroq mavsum o‘tkazgan futbolchilar bor

  • 18.10.2022 18:46
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol

"Bavariya" bosh murabbiyi Yulian Nagelsmanning fikricha, shogirdi Jamol Musiala va Dortmundning "Borussiya" klubi yarim himoyachisi Jud Bellingem 21 yoshgacha bo‘lgan "yilning eng yaxshi futbolchisi" unvonini qo‘lga kiritgan "Barselona" futbolchisi Gavidan ko‘ra sovringa munosibroq edi.

Musiala ovoz berishda uchinchi bo‘ldi, u nafaqat Gaviga, balki “Real” yarim himoyachisi Eduardo Kamavingaga ham imkoniyatni boy berdi, Bellingem esa to‘rtinchi o‘rinni egalladi.

“Mening fikrimcha, Musiala ham, Bellingem ham mukofot sohibiga qaraganda yaxshiroq mavsumlarni o‘tkazishdi. Ammo Gavi - ajoyib o‘yinchi, men ham u uchun xursandman", - deya Nagelsmanning so‘zlarini keltirdi "Bayern& Germany" nashri.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!