Genri Sehudo: “Xabib Nurmagomedov va Aleks Perreyraning yo‘li butunlay boshqacha”
UFC sobiq chempioni Genri Sehudo rossiyalik Xabib Nurmagomedov va braziliyalik Aleks Perreyraning MMAdagi yo‘li haqida fikrlarini bildirdi.
“Menimcha, Xabib chempion bo‘lishdan avval haqiqiy sinovlardan o‘tgan. U engil vaznda asta-sekin yuqoriga ko‘tarilib, Konor Makgregor bilan janggacha katta yo‘lni bosib o‘tdi. So‘ng kamarini bir necha bor himoya qildi va faoliyatini 29–0 rekord bilan yakunladi. Perreyraning faoliyatiga qarasak — albatta, u ham ajoyib natijalarga erishgan, kamarlar qo‘lga kiritgan, lekin chuqurroq qaralsa, yo‘llar har xil bo‘lganini ko‘rasiz”, — dedi Genri.
Eslatib o‘tamiz, Sehudo 7 dekabr kuni "UFC 323" turnirida Peyton Talbotga qarshi oktagonga ko‘tariladi.
Fikrlar