Genri Sekhudo UFC dagi eng mashhur va tajribali referini keskin tanqid qildi

  • 07.10.2026 20:38
  • Javohir Malikov
  • 0
  • MMA
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Ikki karra UFC sobiq chempioni Genri Sehudo MMA olamidagi eng mashhur va tajribali referilardan biri Herb Dinga nisbatan keskin tanqidlar bilan chiqdi.

Amerikalik sportchi hakamning malakasi va qarorlarini shubha ostiga oldi hamda Nevada shtati Atletika komissiyasini (NSAC) Dinni nomaʼlum muddatga janglardan chetlatishga chaqirdi.

"Oʻtgan hafta DWCS turnirida bir yigit boshiga qoʻrqinchli, qoidadan zid zarba qabul qildi. Herb Dinning esa jangni oʻz vaqtida toʻxtatishga yuragi yetmadi! U darhol aralashishi kerak edi. Shunda ushbu bahs "No-Contest" deb topilar, osha MMAchi esa noqonuniy gʻalaba bilan oktagonni tark etmasdi.

Hakamlar korpusi yopiq va daxlsiz tuzilmaga aylanib borayotgani xavotirli holat. Hozirgi muammoning eng toʻgʻri yechimi — Herb Dinni vaqtincha janglardan chetlatish!", — deya taʼkidladi Sehudo "MMA Fighting" nashriga bergan intervyusida.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!