Genri Sexudo: “Xabibning natijalarini o‘zimnikidan yuqori baholamayman”

  • 31.10.2025 12:08
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA

Ikki vazn toifasida UFC sobiq chempioni Genri Sexudo rossiyalik Xabib Nurmagomedovning MMAdagi yutuqlarini o‘zining yutuqlaridan yuqori qo‘ymadi.

“Xabib etarlicha ish qilmagan. Bu haqda uning o‘ziga ham aytganman. Men Nurmagomedov bilan jang qilmoqchi emasman, lekin o‘sha vaqtda qattiq bahslashganmiz, chunki men Xabibni o‘zimdan yuqori qo‘ymayman. Rostdan ham shunday. Agar u bir-ikki vazn toifasiga ko‘tarilganida va shu darajada natija ko‘rsatganida edi, ha, u holda uni yuqori baholagan bo‘lardim. Rossiyalik UFC ning uchta divizionida chempionga aylanishi mumkin edi”, — dedi Sexudo "Pound 4 Pound with Kamaru & Henry" YouTube-kanalida.

Eslatib o‘tamiz, Sexudo so‘nggi bor "UFC Fight Night 252" turnirida oktagonga ko‘tarilib, Song Yadongdan mag‘lub bo‘lgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!