Germaniya kubogi. “Bavariya” finalda “Shtutgart”ni yirik hisobda mag‘lub etib, chempion bo‘ldi
Germaniya kubogining final uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Hal qiluvchi bahsda “Bavariya” “Shtutgart”ni 3:0 hisobida taslim qildi. Uchrashuv Berlin shahridagi “Olimpiashtadion”da bo‘lib o‘tdi.
Myunxenliklar safida Xarri Keyn haqiqiy qahramonga aylandi. Angliyalik hujumchi 55, 80 va 90+2-daqiqalarda gol kiritib, xet-trik rasmiylashtirdi.
Shu tariqa, “Bavariya” navbatdagi bor Germaniya kubogini qo‘lga kiritdi. Eslatib o‘tamiz, o‘tgan mavsum musobaqa g‘olibi “Shtutgart” bo‘lgan edi.

Fikrlar