Germaniya kubogi. "Bavariya" "RB Leyptsig"ni mag‘lub etib, yarim finalga yo‘l oldi
Germaniya Kubogi chorak finalida ",Bavariya", oʻz maydonida ",RB Leyptsig",ni 2:0 hisobida magʻlub etdi.
Oʻyinning 4-daqiqasida mehmonlar yarim himoyachisi Kristof Baumgartner gol urdi, biroq ofsayd sababli gol inobatga olinmadi.
Hisob 64-daqiqada ochildi — Harri Keyn penaltiidan aniq zarba yoʻlladi. Oradan uch daqiqa oʻtib, qanot hujumchisi Luis Dias jamoasining ikkinchi golini kiritdi.
Shu tariqa, ",Bavariya", musobaqaning yarim finaliga chiqdi, ",RB Leyptsig' esa turnirni tark etdi.
Fikrlar