
Germaniya terma jamoasining "Evro-2020"ga boradigan tarkibi e’lon qilindi
Germaniya terma jamoasining “Evro-2020”da ishtirok etadigan futbolchilar ro‘yxati e’lon qilindi.
“Bundestim”ga 2019 yildan buyon terma jamoaga chaqirilmagan Mats Xummels va Tomas Myullerning qaytganini ko‘rish mumkin.
Darvozabonlar: Bernd Leno, Manuel Noyer, Kevin Trapp.
Himoyachilar: Mattias Ginter, Robin Gozens, Kristian Gyunter, Marsel Xalstenberg, Mats Xummels, Lukas Klostermann, Robin Kox, Antonio Ryudiger, Niklas Zyule.
Yarim himoyachilar/hujumchilar: Emre Jan, Serj Gnabri, Leon Goretska, Ilkay Gyundogan, Kay Xaverts, Yonas Xofman, Yozua Kimmix, Toni Kroos, Tomas Myuller, Jamal Masela, Florian Noyxaus, Leroy Sane, Kevin Folland, Timo Verner.
Yoaxim Lyov shogirdlari qit’a chempionatining “F” guruhida kurash olib boradi. Ushbu guruhda shuningdek, Vengriya, Portugaliya va Frantsiya terma jamoalari ham joy olgan.
Fikrlar