Germaniyada hech kim Kloppday sharmanda bo‘lmagan
Mashhur murabbiy Yurgen Klopp Germaniya terma jamoasi bosh murabbiyi sifatidagi faoliyatini omadsiz boshladi.
Millatlar ligasining birinchi turida Niderlandiya bilan 1:1 hisobida durang va keyingi o‘yinda o‘z maydonila Gretsiyadan 0:1 hisobidagi mag‘lubiyatdan so‘ng Yurgen Klopp Germaniya terma jamoasi tarixidagi bosh murabbiylar orasidagi eng yomon startni qayd etdi. Bu haqida Goal xabar berdi.
Klopp Zepp Herberger (1937 yil) va Helmut Shöndan (1965 yil) keyin Germaniya terma jamoasi bosh murabbiyi sifatidagi dastlabki ikki uchrashuvda biror marta ham g‘alaba qozona olmagan uchinchi mutaxassis bo‘ldi.
Herberger va Shön dastlabki ikki o‘yinda ikki martadan durang qayd etib, ikki ochkodan jamg‘argan. Klopp esa ikki uchrashuvdan keyin bor-yo‘g‘i bir ochkoga ega.
Millatlar ligasidagi navbatdagi uchrashuvda Germaniya terma jamoasi Serbiya bilan o‘ynaydi. Bahs 1 oktyabr kuni Myunxendagi «Arena Myunxen» stadionida bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar